Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi

Al Maktumlar sulolasi vakillaridan biri, shahzoda Said Al Maktumning sobiq rafiqasi Zeynab Javadli hibsga olingani haqida ma’lumot tarqaldi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, bu holat uning uch nafar farzandi bilan bog‘liq vasiylik masalalari yuzasidan kelib chiqqan mojaro bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Javadli va uning uch qizi bedarak yo‘qolgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi. Bu esa jamoatchilik orasida katta xavotir va muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Keyinchalik Dubay rasmiylari tomonidan ma’lum qilinishicha, Zeynab Javadli tergov doirasida qo‘lga olingan. Hozirda mazkur ish yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda, voqeaning barcha tafsilotlari esa o‘rganilmoqda.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi – Zamin.uz, 06.06.2026