Bu yilning eng noyob astronomik hodisasi kuzatiladi

Bu yilning eng noyob astronomik hodisasi kuzatiladi

Joriy yilning 12 avgust kuni osmonda kam uchraydigan astronomik hodisa — to‘liq Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Bu vaqtda Oy Quyosh va Yer o‘rtasidan o‘tib, Quyosh nurlarini to‘liq to‘sadi. Natijada ayrim hududlarda kunduzgi vaqt qisqa muddatga qorong‘ulikka aylanadi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq Quyosh tutilishi Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning shimoliy qismida kuzatiladi. Yevropa, Afrika va Shimoliy Amerikaning katta qismida esa qisman tutilish ko‘rinadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, tutilish yo‘li taxminan 8 300 kilometr hududni qamrab oladi. Grenlandiyada bu hodisa ikki daqiqadan ortiq davom etsa, Ispaniyaning shimolida taxminan 20 soniya kuzatiladi.

Mutaxassislar Quyoshga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarash xavfli ekanini eslatib, faqat maxsus himoya ko‘zoynaklari yoki quyosh filtrlari orqali kuzatishni tavsiya etmoqda.

Quyosh tutilishi nafaqat osmon ixlosmandlari, balki olimlar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon davomida Quyosh toji va Yer atmosferasidagi o‘zgarishlar o‘rganiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar