Latifa ortidan mojaro: Turkiyada milliarderga nisbatan tergov boshlandi

Turkiyaning Izmir shahrida taniqli tadbirkor tomonidan aytilgan hazil katta mojaro keltirib chiqardi. Holat yuzasidan Izmir Bosh prokuraturasi tomonidan rasmiy tergov harakatlari boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkor R.K. tomonidan aytilgan latifa ayrim qatlam vakillarini tahqirlash sifatida baholanib, Jinoyat kodeksining 216-moddasi doirasida ish qo‘zg‘atilgan.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, gap “Koç Holding” faxriy rahbari Mustafo Rahmi Koch haqida bormoqda. U Izmirning Balchova tumanidagi shifoxonaning ochilish marosimida kurd ayoli haqidagi hazilni aytib bergan. Mazkur hazil ayol jinsi, etnik mansublik va shifokorlik siri mavzulariga bog‘liq bo‘lgan.
Mazkur chiqish ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik va siyosiy doiralarda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng tadbirkor o‘z so‘zlari uchun uzr so‘rab, hech kimni ranjitish niyati bo‘lmaganini bildirdi.
Voqeaga rasmiylar ham munosabat bildirib, bunday mazmundagi bayonotlar jamiyatda adovat uyg‘otishi mumkinligi ta’kidlandi. Hozirda mazkur ish yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.





























Izohlar 0
…