Samarqandda tug‘ruq uchun shifoxonaga olib kelingan homilador ayol vafoti bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Samarqandda  tug‘ruq uchun shifoxonaga olib kelingan homilador ayol vafoti bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ruq uchun shifoxonaga olib kelingan ayol vafot etgani, homila esa nobud bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro N.E. 10 aprel kuni qorin va bel sohasidagi og‘riqlar bilan Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limiga murojaat qilgan. Tekshiruvlarda homila holatida og‘ir o‘zgarishlar aniqlangan.

Shifokorlar bemorga shoshilinch kesarcha kesish amaliyoti kerakligini tushuntirgan. Biroq yaqin qarindoshlari operatsiyaga rozi bo‘lmagani sababli ayol boshqa shifoxonaga olib ketilgan.

Keyingi tekshiruvlarda homilaning nobud bo‘lgani qayd etilgan. Ayolga statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ammo u 14 aprel kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida yuz bergan. Hozirda holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar