Hindistondagi mehmonxona yong‘inida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligi ma’lum qilindi.

Avvalroq Malviya Nagar tumanidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘inda 21 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaysvalning bildirishicha, halok bo‘lganlar orasida 13 nafar xorijiy fuqaro bor. Ular Mozambik, Nigeriya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Bangladesh, Liberiya, Kongo va Iroq fuqarolaridir.

Shuningdek, hodisa oqibatida 20 nafardan ortiq xorijlik jabrlangan. Hindiston tomoni halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning elchixonalari bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – Zamin.uz, 07.06.2026