Samarqandda O‘zbekiston bayrog‘i rangiga bo‘yalgan ho‘kiz muhokama markaziga chiqdi

Samarqandda O‘zbekiston bayrog‘i rangiga bo‘yalgan ho‘kiz muhokama markaziga chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan ho‘kiz aks etgan video keng tarqaldi. Holat foydalanuvchilar orasida turli munosabat va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Samarqanddagi go‘sht markazlaridan birida sodir bo‘lgan. Qassob reklama maqsadida tirik buqani davlat bayrog‘i ranglariga bo‘yagan.

Mazkur holat ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ayrimlar buni hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabat va davlat ramziga hurmatsizlik sifatida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Samarqandda O‘zbekiston bayrog‘i rangiga bo‘yalgan ho‘kiz muhokama markaziga chiqdi – Zamin.uz, 07.06.2026