Arsenal hujumni kuchaytirish uchun Morgan Gibbs-White nomzodini koʻrib chiqmoqda

1 daqiqa o'qish366
Arsenal hujumni kuchaytirish uchun Morgan Gibbs-White nomzodini koʻrib chiqmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mikel Arteta jamoa hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Nottingham Forest yulduzi Morgan Gibbs-White nomzodini transfer roʻyxatiga kiritdi.
  • Londonliklarning asosiy nishoni Aston Villa hujumchisi Morgan Rogers boʻlib qolmoqda va uning transferi kamida 100 million funt sterlingga tushishi mumkin.
  • Agar Rogers transferi amalga oshmasa, Morgan Gibbs-White asosiy muqobil variant sifatida koʻrilmoqda.

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni Arsenal yozgi transfer oynasi uchun oʻz rejalarini belgilab oldi. Mikel Arteta jamoa hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Nottingham Forest yulduzi Morgan Gibbs-White nomzodini transfer roʻyxatiga qoʻshdi. 22 yillik tanaffusdan soʻng chempionlikni qoʻlga kiritgan "toʻpchilar" ustozi unvonni himoya qilish uchun tarkibni yanada kuchliroq qilish niyatida. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Londonliklarning asosiy nishoni Aston Villa hujumchisi Morgan Rogers boʻlib qolmoqda. Arteta 23 yoshli futbolchining universal qobiliyatlarini yuqori baholaydi, biroq uning transferi Arsenal uchun kamida 100 million funt sterlingga tushishi mumkin. Agar Rogers transferi amalga oshmasa, Morgan Gibbs-White asosiy muqobil variant sifatida koʻrilmoqda.

Gibbs-White oʻtgan mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta gol urib, oʻzini koʻrsata oldi. Uning 15 ta goli Premer-ligada ingliz futbolchilari orasida Ollie Watkinsdan keyin ikkinchi koʻrsatkich boʻldi. Shuningdek, u Nottingham Forest jamoasini Yevropa ligasi yarim finaliga qadar yetaklab bordi. Shunga qaramay, futbolchi Thomas Tuchel tomonidan Angliya terma jamoasining Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilmadi.

Ayni damda Chempionlar ligasi finalida Arsenalni magʻlub etgan PSJ ham Morgan Rogersga qiziqish bildirmoqda. Nottingham Forest xoʻjayini Evangelos Marinakis esa oʻz yetakchilarini jamoada olib qolishga harakat qilmoqda. Gibbs-White klub bilan 2028-yilgacha shartnoma imzolagan boʻlsa-da, transfer bozoridagi katta takliflar vaziyatni oʻzgartirishi mumkin.

Shu bilan birga, Forestning yana bir yulduzi Elliot Anderson ham grandlar eʼtiborida turibdi. Manchester Siti va Manchester Yunayted 100 million funtga baholanayotgan yarim himoyachi uchun kurashga qoʻshilgan. Jamoa bosh murabbiyi Vítor Pereira tarkibni saqlab qolishni istasa-da, transfer bozoridagi real vaziyatni tan olishini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?