date

Bog‘chalardagi holatlar ortidan vazir pedagoglarga murojaat qildi

Bog‘chalardagi holatlar ortidan vazir pedagoglarga murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova tarbiyachilar va pedagoglarni bolalarga nisbatan mehrli, ehtiyotkor va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Vazirning Telegram kanalida e’lon qilingan murojaatida ta’kidlanishicha, ta’lim tizimidagi har bir xodim zimmasida katta mas’uliyat mavjud bo‘lib, u bolalarning ruhiy holati va tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, pedagoglardan kasbiy odob-axloq, ichki tartib qoidalari hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish so‘ralgan. Har qanday beparvolik va mas’uliyatsizlik holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi alohida qayd etilgan.

Mazkur murojaat so‘nggi kunlarda bog‘chalarda tarbiyachilar ishtirokida yuzaga kelgan salbiy holatlar ortidan e’lon qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bog‘chalardagi holatlar ortidan vazir pedagoglarga murojaat qildi