O‘zbekistonda erta nikohni yashirganlarga jarima taklif etildi

O‘zbekistonda erta nikohni yashirganlarga jarima taklif etildi

O‘zbekistonda erta nikoh hamda 16 yoshga to‘lmagan qizlarning homiladorligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi taklif qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, erta nikoh yoki 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning homiladorligi haqida ichki ishlar organlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar bermagan fuqarolar va xodimlarga BHMning 3–5 baravari miqdorida jarima solish taklif etilmoqda.

Mansabdor shaxslar uchun esa jarima miqdori BHMning 5–10 baravari etib belgilanishi mumkin.

Agar shu kabi huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdorini fuqarolar va xodimlar uchun BHMning 5–10 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun esa 10–15 baravarigacha oshirish nazarda tutilgan.

Taklif etilayotgan yangi tartib mahalla, FHDYO, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda diniy tashkilotlar vakillariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Ular erta nikoh, 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning homiladorligi va boshqa tegishli huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarni xabardor qilishi lozim bo‘ladi.

Muhimi, ushbu talablar hozircha amaldagi qonun emas. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda va takliflar asosida unga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 19 sentyabrgacha davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar