Toshkentda Shayxontohur va Yunusobodning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Audio versiyasi
Toshkent shahrining Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida 4 iyun kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha to‘xtatib turiladi. Ushbu vaqt davomida Shayxontohur tumanidagi “Labzak” SGM hamda Yunusobod tumanidagi “Matonat” SGM hududlarida yashovchi aholi va iste’molchilar tabiiy gazdan vaqtincha foydalana olmaydi.
Mutasaddilar texnik tadbirlar yakunlanishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildirgan. Aholidan ushbu vaqt oralig‘ida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, gaz uskunalarini nazoratsiz qoldirmaslik va rejali ishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni inobatga olish so‘ralmoqda.





























Izohlar 0
…