O‘zbek alifbosi o‘zgardi: to‘rtta harf endi boshqacha yoziladi

O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi. Yangi tartibga ko‘ra, to‘rtta harfning yozilishi o‘zgaradi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi
Qaysi harflar o‘zgaradi?
Yangilangan alifboda quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilgan:
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Shuningdek, «ng» harflar birikmasi alifboda mustaqil birlik sifatida qolmaydi. Natijada yangi alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.
Hujjatlar va darsliklar nima bo‘ladi?
Prezident Administratsiyasi rahbari ta’kidlashicha, alifbodagi o‘zgarishlar aholi va davlat uchun ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak. Shu sababli, avval rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi.
Darsliklar, ko‘cha peshlavhalari va yo‘l ko‘rsatkichlari esa foydalanish muddati tugagach, bosqichma-bosqich yangilanadi.
Qonun rasman e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Demak, yangi alifboga o‘tish darhol emas, belgilangan muddat va bosqichlar asosida amalga oshiriladi.






























Izohlar 0
…