4 306
Davlat organlarining IT-bo‘linmalari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi
Prezidentning 19.02.2018 yildagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat respublika organlari bo‘linmalarining rahbarlari Vazirlik bilan kelishilgan holda, hududiy organlari bo‘linmalarining rahbarlari esa Vazirlikning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.
Bunda davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari 3 yilda 1 marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tadilar.
1.06.2018 yildan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining mas’ul bo‘lgan xodimlariga har oylik ustama – xodim lavozim maoshidan 100%dan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. O‘z navbatida, mazkur organlarning IT-bo‘linmalari rahbarlari har yili EKIHning 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi. Mukofot Vazirlik qarori asosida har yil yakunlari bo‘yicha axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlarini joriy etish hamda organ va tashkilotlarni axborotlashtirish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti