3 465
Emomali Rahmon: "O‘zbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi tarixiy voqea bo‘ldi"
Joriy yilning 26 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Oliy Majlisiga navbatdagi murojaatini yo‘lladi. Unda 2018 yilning eng muhim va tarixiy voqealaridan biri O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarning tiklanganligi va ikki mamlakatning strategik sherikka aylangani ekani qayd etildi. Prezidentning ta’kidlashiga ko‘ra, 2018 yil davomida ikki mamlakatning 2,5 mln aholisi o‘zaro bordi-keldi qilgan.
Avvalroq, 99 foiz tojikistonliklar O‘zbekiston bilan munosabatlarni ijobiy baholagan. Shuningdek, so‘rovda qatnashgan tojikistonliklarning 80 foizi O‘zbekistonni "do‘st va birodar mamlakat" hisoblagan, 71 foiz ishtirokchilar esa vizasiz bordi-keldi boshlanishidan xursand ekanini qayd etgan. Tojikiston va O‘zbekiston orasidagi munosabatlar kelajakda yanada rivojlanishiga ishonch bildirgan ishtirokchilar 84 foizni tashkil etgan.
Tojik va o‘zbek ekspertlari ikki davlat munosabatlarida katta ӯzgarishlar kuzatilayotgani so‘rov natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlamoqdalar.
2018 yil 9 martda O‘zbekiston Prezidenti 18 yil davomida ilk bor Tojikistonda davlat tashrifi bilan bo‘lgan. O‘shanda vizalarni bekor qilish, aviatashuvlarning tiklanishi hamda chegaralarning alohida uchastkalari bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2018-2019 yil uchun “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Savdo-iqtisodiy aloqalarning faollashuvi tufayli 2017 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 236,8 mln. dollarni tashkil qilgan. Tomonlar ushbu ko‘rsatkichni 1 mlrd. dollargacha yetkazishni rejalashtirgan.
Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida 130 dan ortiq kelishuvlar imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni tartibga soluvchi asosiy hujjat — Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Shartnoma hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi