1 noyabrdan haydovchilar uchun ikki muhim o‘zgarish kuchga kiradi

1 noyabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga oid ikkita muhim yangilik kuchga kiradi. O‘zgarishlardan biri xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarga, ikkinchisi esa ayrim joylarda uzluksiz chiziqni kesib o‘tish holatlariga taalluqli.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘llardagi radar va kameralar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham aniqlay boshlaydi. Qoidabuzarlik qayd etilgan taqdirda, haydovchiga belgilangan tartibda jarima rasmiylashtiriladi.
Shu bilan birga, uzluksiz chiziqni kesib o‘tganlik uchun jarima qo‘llashda ham ayrim istisnolar belgilanmoqda.
Jumladan, chorrahalargacha bo‘lgan 50 metr masofada hamda maxsus ajratilgan qayrilish joylarigacha bo‘lgan 20 metr hududda 1.1 va 1.3 yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish yoki kesib o‘tish uchun jarima solinmaydi.
Biroq bu yengillik barcha yo‘l uchastkalariga tegishli emas. Belgilangan hududlardan tashqarida uzluksiz chiziqni kesib o‘tish qoidabuzarlik hisoblanadi va buning uchun jarima saqlanib qoladi.
Shu bois haydovchilar 1 noyabrdan kuchga kiradigan o‘zgarishlarni inobatga olib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari lozim.






























Izohlar 0
…