Surxandaryo viloyatida to‘rt oyoqli chaqaloq dunyoga keldi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida noyob patologiya bilan tug‘ilgan chaqaloq ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. To‘rt oyoqli chaqaloq haqidagi tasvirlar tarqalganidan so‘ng mutaxassislar holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, chaqaloq siam egizaklariga xos juda kam uchraydigan patologiya bilan dunyoga kelgan. Homilaning ikkinchi qismi to‘liq rivojlanmay qolgan bo‘lib, unda faqat tananing ayrim qismlari shakllangan. Shu sababli chaqaloqda qo‘shimcha oyoqlar mavjud bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash mutaxassislariga ko‘ra, chaqaloq Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib kelingan va murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiyada malakali shifokorlar guruhi ishtirok etgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday holatlar tibbiyot amaliyotida juda kam uchraydi. Chaqaloqning sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratida bo‘lib, uning ahvoli yuzasidan kuzatuv ishlari davom ettirilmoqda.





























Izohlar 0
…