"Barselona" va "Real" futbolchilari La Liga oy futbolchisi sovrini uchun kurashmoqda

"Barselona" va "Real" futbolchilari La Liga oy futbolchisi sovrini uchun kurashmoqda

"Barselona" va "Real" futbolchilari La Liga oy futbolchisi sovrini uchun kurashmoqda
La Liga dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e'lon qilindi. Mukofot uchun "Barselona" vingeri Lamin Yamal, Madridning "Real" hujumchisi Kilian Mbappe, "Atletiko" yarim himoyachisi Koke, "Sel'ta" darvozaboni Ionuts Radu va "Elche" vingeri Xerman Valera raqobatlashadi.

Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi "Real"dan to'rt ochkoga oldinda bormoqda. Navbatdagi tur uchrashuvlari yangi yilning 2-4 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

Noyabr oyida eng yaxshi futbolchi deb Lamin Yamal topilgan edi, oktyabr va sentyabrda bu sovrinni Kilian Mbappe qo'lga kiritgan, avgustda esa "Vilyarreal"dan Nikola Pepe g'olib bo'lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar