Toʻrtta 50 MP kamera va 6500 mA·soat batareya: Motorola Edge 70 Pro+ taqdim etildi

Toʻrtta 50 MP kamera va 6500 mA·soat batareya: Motorola Edge 70 Pro+ taqdim etildi
Audio versiyasi

Motorola kompaniyasi oʻzining yangi flagmani — Edge 70 Pro+ smartfonini rasman namoyish etdi. Ushbu qurilma Edge 70 Pro modelining takomillashtirilgan talqini boʻlib, periskopik kamera moduli, simsiz quvvatlash texnologiyasi va yangilangan apparat platformasi bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi smartfonning asosiy oʻziga xosligi uning toʻrtta 50 megapikselli datchikdan iborat kamera tizimidir. Asosiy modul optik stabilizatsiyaga ega Sony LYTIA 710 sensoriga asoslangan. Periskopik modul esa 3,5 karra optik va 50 karra gibrid yaqinlashtirish (zoom) imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, tizim makro-sʼyomka funksiyasiga ega oʻta keng burchakli kamera va 50 MP old kamera bilan toʻldirilgan.

Qurilma MediaTek Dimensity 8500 Extreme chipseti yordamida ishlaydi va 6,8 dyuymli, 144 Gs chastotali AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekranning eng yuqori yorqinligi 5200 nitga yetadi. Smartfon 4K formatida soniyasiga 60 kadr tezlikda video yozishni va tasvirlarni sunʼiy intellekt yordamida qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi.

Avtonomlik uchun 6500 mA·soat sigʻimli akkumulyator masʼul boʻlib, u 90 W simli, 15 W simsiz va teskari quvvatlash imkoniyatiga ega. Motorola Edge 70 Pro+ korpusi IP68/IP69 hamda MIL-STD-810H harbiy standarti boʻyicha himoyalangan. Qurilma Android 16 operatsion tizimi va Hello UI interfeysi boshqaruvida ishlaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar