Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi bahosi 50 million yevroga ko‘tarildi

“Manchester Siti” klubi himoyachisi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovning Transfermarkt portalidagi transfer qiymati sezilarli darajada oshdi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik markaziy himoyachining narxi 15 million yevroga ko‘tarilib, hozirda 50 million yevroga baholanmoqda.
Bu natija Abduqodir Husanovning nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyo miqyosidagi eng qimmat futbolchilardan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchi maqomini saqlab qolgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi yaponiyalik futbolchi Kayshu Sano hisoblanadi. Sanoning transfer bahosi 40 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi. Angliya grandi uning transferi uchun 40 million yevro to‘lagan, kelishuvda qo‘shimcha 10 million yevrolik bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Markaziy himoyachi “shaharliklar” tarkibida ushbu mavsumda ikkita sovrin — Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.





























Izohlar 0
…