Ispaniya terma jamoasi favoritlar ro‘yxatida birinchi bo‘ladi

Ispaniya terma jamoasi favoritlar ro‘yxatida birinchi bo‘ladi
Audio versiyasi

Opta superkompyuteri 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibligi uchun asosiy favorit sifatida Ispaniya terma jamoasini ko‘rsatdi.

1 iyun holatiga tuzilgan prognozga ko‘ra, ispanlarning musobaqada zafar quchish ehtimoli 16,1 foizni tashkil etgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Fransiya egallagan. Fransuzlarning chempion bo‘lish ehtimoli 13 foiz deb baholangan.

Uchinchi pog‘onadan Angliya joy olgan bo‘lib, uning imkoniyati 11,2 foizga teng. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa 10,4 foiz bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.

Kuchli beshlikni Portugaliya yakunlab bergan. Uning chempionlik ehtimoli 7 foiz deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Braziliya 6,6 foiz, Germaniya 5,1 foiz va Niderlandiya 3,6 foiz ehtimol bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Opta superkompyuteri prognozida Norvegiya 3,5 foiz, Belgiya 2,4 foiz va Kolumbiya 2,1 foiz ko‘rsatkich bilan birinchi o‘nlikdan joy olgan.

Reytingning qolgan qismida Marokash, Urugvay, Shveysariya va Xorvatiya terma jamoalari qayd etilgan. Ularning chempionlik ehtimoli 1,6–1,9 foiz oralig‘ida baholangan.

Ispaniya JCh-2026 g‘olibi bo‘lishga eng asosiy da'vogar deb ko‘rsatilgan infografika.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar