PSJ futbolchisi "Roma"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoani tark etishga tayyor. 31 yoshli futbolchi "Roma" bosh direktori Tiagu Pintuga Rim jamoasiga o‘tishga rozi ekanligini aytdi.
PSJning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte niderlandiyalik futbolchini rejalariga kiritmayapti, shu bois parijliklar unga chiqish eshiklarini ko‘rsatishi mumkin.
"Roma" Veynaldumni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rimliklar, shuningdek, PSJ futbolchi maoshining yarmini o‘z zimmasiga olishini istamoqda — Jorjino yiliga 9 million yevro topadi.
Kelishuv kelasi haftadayoq yakunlanishi kutilmoqda. Klub rahbarlarining munosabatlari yaxshi.
Veynaldum PSJda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘ynadi, bir yil oldin u "Liverpul"dan erkin agent sifatida klub safiga kelib qo‘shilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!PSJning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte niderlandiyalik futbolchini rejalariga kiritmayapti, shu bois parijliklar unga chiqish eshiklarini ko‘rsatishi mumkin.
"Roma" Veynaldumni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rimliklar, shuningdek, PSJ futbolchi maoshining yarmini o‘z zimmasiga olishini istamoqda — Jorjino yiliga 9 million yevro topadi.
Kelishuv kelasi haftadayoq yakunlanishi kutilmoqda. Klub rahbarlarining munosabatlari yaxshi.
Veynaldum PSJda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘ynadi, bir yil oldin u "Liverpul"dan erkin agent sifatida klub safiga kelib qo‘shilgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…