date
views 7 087

Luis Suares «Oltin butsa» bilan taqdirlandi

Luis Suares «Oltin butsa» bilan taqdirlandi

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares “Oltin butsa” bilan taqdirlandi.

Ushbu sovrin Evropada mavsum yakuniga ko‘ra ichki chempionatda eng ko‘p gol kiritgan futbolchiga topshiriladi.

G‘olib nomini aniqlashda turli ligalarning saviyasini inobatga olgan holda mahsus koeffisientlar ishlatiladi.

“Barselona” hujumchisi o‘tgan mavsumda chempionatda 40ta gol kiritdi. Primerada kiritilgan gol 2 ochkoga baholanadi, shuning uchun urugvaylik o‘yinchi 80 ball to‘plab, “Oltin butsa” sohibiga aylandi.

Suares taqdirlash marosimiga qishi Delfina va o‘g‘li Benxamin bilan tashrif buyurdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Suares «Oltin butsa» bilan taqdirlandi