date
views 6 950

Nodirbek Abdusattorov ushbu musobaqani shiddat bilan boshladi!

Nodirbek Abdusattorov ushbu musobaqani shiddat bilan boshladi!
“Freestyle Chess Grand Slam Paris”da o‘zbek grossmeysteri shonli startni boshladi!

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan jahonning eng innovatsion va nufuzli shaxmat musobaqasi — “2025 Freestyle Chess Grand Slam Paris” turnirida yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov haqiqiy mahorat ko‘rsatmoqda!

Turnir — mashhur “Chess 960”, ya’ni figuralar har safar turlicha joylashadigan shaxmat formatida o‘tkazilyapti. Bu turda iste’dod, tezkor fikrlash va strategiya bo‘yicha haqiqiy mahorat sinovdan o‘tadi. Va aynan shunday maydonda Nodirbek katta nomlardan hech ham kam emasligini isbotlamoqda!

Qarshidagi shaxmat yulduzlari — g‘alabalarga yo‘lboshchi bo‘ldi!

Parijda o‘tayotgan ushbu musobaqaga 8 davlatdan 12 nafar dunyoning eng kuchli shaxmat ustalari taklif etilgan. Umumiy mukofot jamg‘armasi — $750,000. Ya’ni, har bitta ochko oltinga teng!

Nodirbek ortda qolgan 6 turda shunday natijalarni qayd etdi:

🟢 1-tur: Kaymer Vinsent (Germaniya, 2718) — G‘alaba;
🟢 2-tur: Karuana Fabiano (AQSH, 2776) — G‘alaba;
🟢 3-tur: Rixard Rapport (Vengriya, 2722) — G‘alaba;
🟡 4-tur: Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2757) — Durang;
🟡 5-tur: Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya, 2722) — Durang;
🟢 6-tur: Santosh Vidit (Hindiston, 2720) — G‘alaba.

Poyga qizg‘in: Abdusattorov va Karlsen yelkama-yelka!

6 turdan so‘ng jadval shunday ko‘rinishda:

Foto: Chess Grand Slam Tour
Abdusattorov va Karlsen — shoh va valet singari peshqadamlikda ketayotgan duet! Ular orasidagi to‘qnashuv esa shubhasiz turnirning eng intiqlik bilan kutilayotgan dueliga aylanishi mumkin.

Musobaqaning 2-kungi bahslari bugun, 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Gukesh Dommaraju, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Erigaisi kabi shaxmatchilar bilan kuch sinashadi.

Shaxmat – bizda yashaydi!

Nodirbekning har bir yurishi ortida nafaqat uning mehnati, balki butun O‘zbekistonning ishonchi bor. Uning Parijdagi g‘alabalari nafaqat shaxmat maydonida, balki yuraklarda ham tantana qilayotir.

Zamin.uz muxlislariga savol:
Nodirbek Karlsenni ortda qoldirishi mumkinmi? Bu turnir unga yangi chempionlik olib keladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport