
Turkiyaning "Serik Belediyespor" klubi bosh direktori Barish Guchlu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Yuran olib borgan ishlar haqida fikr bildirdi. "Dastlab unga oson bo'lmadi.
Bu uning xorijda murabbiy sifatidagi ilk tajribasi edi. Biroq keyin u yaxshi moslashib oldi.
Aytishim mumkinki, u juda mehnatkash inson", — deya funksionerning so'zlarini "Chempionat" portali keltiradi. Sergey Yuran joriy yilning iyul oyidan oktyabr oyigacha "Serik Belediyespor"ni boshqargan.
Rossiyalik mutaxassis klubdagi moliyaviy muammolar hamda rahbariyat bilan kelishmovchiliklar sabab jamoani tark etgan. Hozirda 56 yoshli Yuran ishsiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.