date

Yamal Messidan o'zib ketdi, Neymarning rekordini yangilay olmadi


“Barselona” vingeri Lamin Yamal 2025 yilni yorqin o'tkazmoqda. Sofascore hisob-kitobiga ko'ra, yanvar oyidan beri “ko'k-anorranglilar” yulduzi hisobida 307 ta muvaffaqiyatli aldab o'tish bor.

Bu ma'lumotlar yig'ila boshlanganidan beri bir kalendar yil ichidagi muvaffaqiyatli dribling urinishlari bo'yicha ikkinchi natija hisoblanadi. Rekord hanuz Neymar qo'lida: u 2017 yilda raqiblarini 335 marta aldab o'tgan.

Uchinchi o'rinda esa Lionel Messi turibdi — u ham 2017 yilda 260 ta aldab o'tishni qayd etgan. E'tiborlisi, uchala futbolchi ham eng yaxshi ko'rsatkichlarini “Barselona”da qayd etgan, garchi braziliyalik o'sha yozda kataloniyaliklar klubini tark etib, “PSJ”ga o'tgan bo'lsa-da.

Iyul oyida Lamin Yamal 18 yoshga to'ldi. O'tgan mavsumda futbolchi Hans-Diter Flik jamoasiga Ispaniyadagi barcha ichki sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yamal Messidan o'zib ketdi, Neymarning rekordini yangilay olmadi