Lamin Yamalning sevgilisiga yozgan izohi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda

“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalning sevgilisi suratiga qoldirgan izohi internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Futbolchi ispaniyalik bloger Ines Garciyaning ijtimoiy tarmoqdagi postiga “Ayolim, yulduzim” deya munosabat bildirgan. Mazkur izoh qisqa vaqt ichida ko‘plab layklarni to‘plab, muxlislar orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi.
Ayrim kuzatuvchilar Yamalning bu so‘zlarini juftlik o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy tus olganining belgisi sifatida baholamoqda. Boshqalar esa futbolchining izohini shunchaki mehr va samimiylik ifodasi deb hisoblamoqda. Hozircha ushbu fikrlar ortida qanday ma’no borligi haqida juftlik tomonidan rasmiy bayonot berilmagan.

Muxlislar Yamal va Ines Garsiyaning bir-biriga bo‘lgan munosabatini avval ham payqashgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalari va izohlari 2026 yil aprel oyidayoq kuzatuvchilar diqqatini jalb qilgan edi. May oyi oxirida esa futbolchi sevgilisini “Barselona”ning mavsum yakuniga bag‘ishlangan tadbirida omma oldida tanishtirgani aytiladi.
Yamalning so‘nggi izohi esa juftlik munosabatlariga doir qiziqishlarni yana kuchaytirdi.































Izohlar 0
…