Endrik Liga 1da asr boshidan beri eng yoshlar ro'yxatiga kirdi

Madridning «Real»idan «Lion»ga ijara asosida o'tgan hujumchi Endrik «Mets»ga qarshi uchrashuvda (5:2) xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi 11 va 45-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi, 87-daqiqada esa penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi. Madrid Zone ma'lumotiga ko'ra, Endrik 19 yosh 188 kunligida 21-asr boshidan beri Liga 1da xet-trik mualliflari orasida to'rtinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Undan yuqorida Jeremi Menez (17 yosh 260 kun), Kilian Mbappe (18 yosh 53 kun) va Usmon Dembele (18 yosh 296 kun) qayd etilgan.
Yanvar boshida «Real»dan kelganidan buyon Endrik «Lion» safida o'tkazgan uch o'yinda 4 gol urib, yana 1 assist ham amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing