Braziliyalik 20 yoshli futbolchi Endrik ilk bor farzandli bo‘lganini oshkor qildi!

Braziliyalik yosh futbolchi Endrik oilasida quvonchli voqea yuz berdi. 20 yoshli futbolchi ilk bor ota bo‘ldi. Uning rafiqasi Gabrieli Miranda o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Kendrik deb ism qo‘yildi.
Endrik farzandli bo‘lganini Singapur terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyingi intervyusida ma’lum qildi. Futbolchi o‘yinda urgan golini rafiqasi va yangi tug‘ilgan o‘g‘liga bag‘ishlagan.
Gabrieli Miranda esa hozircha chaqaloqning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilmaslikka qaror qilgan. Shu sababli muxlislar hozircha kichik Kendrikning ko‘rinishini ko‘rish imkoniga ega emas.
Endrikning otalik baxtiga erishgani haqidagi xabar futbol muxlislari orasida iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda yosh oilaga tabrik va ezgu tilaklar bildirilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…