date

Xyoness Klopning Red Bull'dagi rolini keskin tanqid qildi

Xyoness Klopning Red Bull'dagi rolini keskin tanqid qildi

Myunxenning «Bavariya» klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness Yurgan Klopning «Red Bull» tizimidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xyonessning aytishicha, bu vazifa Klopga mos emas: u jamoa rulida, murabbiylar o‘rindig‘ida turishi kerak, dunyo bo‘ylab ma’ruzalar bilan yurishi emas. «Klop futbolchilarni ruhlantirishda juda kuchli. Ammo u Zaltsburgda yoki Braziliyada bo‘lsa, «RB Leyptsig»ga qanday ta’sir o‘tkaza oladi?» — deya Bild nashri Xyoness so‘zlarini keltirdi.

Nemis mutaxassisi murabbiylik faoliyati davomida «Maynts», Dortmundning «Borussiya»si va «Liverpul»ni boshqargan. Klop 2024 yilda ingliz grandini tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xyoness Klopning Red Bull'dagi rolini keskin tanqid qildi