Angliyada 11 yoshli bolaning plyajdagi topilmasi olimlarni hayratga soldi

Angliyada 11 yoshli bolaning plyajdagi topilmasi olimlarni hayratga soldi

Angliyada 11 yoshli Charli Orchard-Lisl onasi bilan dengiz bo‘yida sayr qilayotgan paytda kutilmagan va noyob topilmaga duch keldi.

Dastlab oddiy toshga o‘xshab ko‘ringan buyum mutaxassislar tomonidan o‘rganilgach, u qadimda yashagan filsimon hayvonga tegishli tish ekani aniqlandi.

Olimlar topilma taxminan 2 million yildan 8,5 million yilgacha avval yashagan Anancus arvernensis nomli yo‘qolib ketgan hayvon turiga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Qariyb 10 santimetr kenglikdagi tish hayvonning yuqori chap oziq tishi bo‘lgani aytilmoqda. Mutaxassislar uni uzoq yillar davomida qirg‘oqdagi qoyalar orasida saqlanib qolgan va eroziya tufayli dengiz sohiliga chiqib kelgan deb hisoblamoqda.

Qizig‘i, Charlining onasi o‘g‘li topilmadan biroz oldin fillarni juda yaxshi ko‘rishi haqida gapirganini eslab, bu voqeani haqiqiy mo‘jiza deb atagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar