date

Bavariyada Noyer o'rnini bosadigan darvozabon tanlab qo'yildi

Bavariyada Noyer o'rnini bosadigan darvozabon tanlab qo'yildi

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishi mumkin. Mart oyida 40 yoshga to'ladigan myunxenliklar sardori hozircha faoliyatini davom ettirish-ettirmaslik bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar Noyer yozda ketadigan bo'lsa, klub uning o'rnini Jonas Urbig bilan to'ldirishni qat'iy rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Urbigga raqib izlanmaydi, yangi darvozabon taklif qilinsa ham faqat zaxira roliga.

Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" safida o'ynab keladi. U joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazib yubordi.

22 yoshli Jonas Urbig esa bu mavsumda 9 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol o'tkazdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariyada Noyer o'rnini bosadigan darvozabon tanlab qo'yildi