Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada ogir davrni boshdan kechirmoqda. «Boka Huniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib olmoqda, futbolchi esa ayrim uchrashuvlarda umuman maydonga tushmayapti yoki oyin oxirigacha yetib bormay, erta almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik sobiq yulduz Oskar Rudjeri bu holatni Kavanining obro-yu tajribasiga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi. Uning fikricha, bunday munosabat davom etadigan bo‘lsa, tajribali forvard uchun futbolni yakunlash ham maqbul variant bo‘lishi mumkin.
«Bunday tarjimai holga ega futbolchi uchun bu haqorat. Shunday bo‘lgandan ko‘ra, futbolni yigishtirgan yaxshi», — deya Rudjerining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublarda ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!