Tom Holland Zendaya bilan nikohini rasman tasdiqladi

Britaniyalik mashhur aktyor Tom Holland sevgilisi — amerikalik aktrisa Zendaya bilan rasman turmush qurganini tasdiqladi. U Esquire nashriga bergan intervyusida ikkovi endi rasman er-xotin ekanini ma’lum qildi.
Yulduzli juftlikning to‘yi haqidagi mish-mishlar ancha vaqtdan beri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib kelayotgan edi. Internetda go‘yoki ularning Italiyadagi Komo ko‘li bo‘yida o‘tkazilgan to‘y marosimidan olingan suratlar ham paydo bo‘lgan.
Ushbu tasvirlarda Zendaya kelinlik libosi va fatada, Tom Holland esa qo‘lida shampan shishasi bilan aks etgan. Keyinchalik esa mazkur suratlar sun’iy intellekt yordamida yaratilgani ma’lum bo‘ldi.

Shunga qaramay, nikoh marosimi haqiqatan ham bo‘lib o‘tgan. Jurnalistlar aktyordan qarindoshlariga soxta to‘y suratlari haqida izoh berishga to‘g‘ri kelgan-kelmaganini so‘raganida, u qisqacha javob qaytargan.
«Yo‘q, chunki ularning barchasi o‘sha yerda edi», — degan Tom Holland.
Biroq aktyor to‘yning boshqa tafsilotlarini oshkor qilishni istamagan. Uning ta’kidlashicha, shaxsiy hayotini omma bilan bo‘lishish niyati yo‘q.
Tom Holland va Zendayaning muhabbat tarixi 2016 yilda “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmini suratga olish jarayonida boshlangan. Ular uzoq vaqt munosabatlarini sir saqlab kelgan va keyinchalik sevgili ekanini yashirmay qo‘ygan.
Ayni paytda Holland rafiqasini hayotidagi eng katta tayanchi deb hisoblashini ham yashirmayapti.

«Men o‘z insonimni topdim. U mening eng yaqin do‘stim. Uning yonida bo‘lganimda o‘zimni dunyodagi eng baxtli insonday his qilaman. Hayotimda hech qachon bunchalik xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlashni his qilmaganman», — dedi aktyor.
Shu bilan birga, Tom Holland yangi loyihalar ustida ishlashda davom etmoqda. Iyul oyining oxirida tomoshabinlar “O‘rgimchak odam: butunlay yangi kun” filmini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.






























Izohlar 0
…