Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni to'xtatishni tavsiya qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada jiddiy bosim ostida qolmoqda. “Boka Huniors” muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan qarshi olmoqda, futbolchi esa ba'zan umuman maydonga tushmayapti yoki uchrashuv yakuniga yetmasdan almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri bunday munosabatni Kavanining obro‘-e'tiboriga zid, kamsituvchi holat deb baholadi. Uning fikricha, katta tajriba va nomga ega futbolchi uchun eng to‘g‘ri yo‘l — shu tarzda davom etmasdan, faoliyatni yakunlash.
“Bunday tajribaga ega o‘yinchini shunday ahvolga solish — haqorat. Shunday bo‘lgandan ko‘ra, futbolni to‘xtatgan ma'qul”, — deya Rudjerining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq “Napoli”, “PSJ” va “Manchester Yunayted” kabi klublarda ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!