date

“Andijon” – OKMK o‘yini natijasi Samvel Babayan taqdirini hal qiladi

“Andijon” – OKMK o‘yini natijasi Samvel Babayan taqdirini hal qiladi

Superliganing 7-turi doirasida “Andijon” o‘z maydonida OKMK jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv jamoa uchun nafaqat navbatdagi ochkolar, balki murabbiy Samvel Babayanning kelajagi nuqtai nazaridan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

6-turdagi vodiy derbisida “Navbahor”ga mag‘lub bo‘lgan andijonliklardan so‘ng, bir qator Telegram kanallar Babayan isteʼfoga chiqarilgani haqida xabar tarqatgan edi. Biroq bu maʼlumot rasman tasdig‘ini topmadi.

Xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shuhrat Abdurahmonov murabbiy bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Samvel Babayanning iltimosiga binoan unga yana bir imkoniyat berilgani aytilmoqda.

Agar “Andijon” bugun Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKga qarshi bahsda g‘alaba qila olmasa, Babayanning isteʼfosi rasman eʼlon qilinishi ehtimoli yuqori. Faqat g‘alaba uni jamoada saqlab qolishi mumkin.

Maʼlumot uchun, mavsum boshida “Andijon” oldiga sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vazifasi qo‘yilgan edi. Murabbiy istagan transferlar amalga oshirilganiga qaramay, jamoa hozircha turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Andijon” – OKMK o‘yini natijasi Samvel Babayan taqdirini hal qiladi