Bavariya Nikolas Jekson bo'yicha yakuniy qarorga keldi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchi Nikolas Jekson bilan mavsum yakunida xayrlashadi. Klub senegallik futbolchini «Chelsi»dan ijara asosida, keyin sotib olish bandi bilan olgandi, biroq bu band ishga tushirilmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shuningdek, ijarani uzaytirish varianti ham ko'rib chiqilmayapti. Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Jeksonning yozda «Bavariya»da qolishi ehtimoli nolga teng.
Jekson yana «Chelsi»ga qaytadi, ammo London klubi rahbariyati ham unga katta umid bog'lamayotgani avvalroq bir necha manbalar tomonidan ta'kidlangan. 24 yoshli futbolchining «ko'klar» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt uni 45 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing