date

Mbappe “Bernabeu”da o‘ynashni istamayotgani aytildi...

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda jamoasining qolgan uy uchrashuvlarida ishtirok etmasligi mumkin. The Athletic nashrining xabar berishicha, fransiyalik yulduz “Santyago Bernabeu”da maydonga tushishni xohlamayapti.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunga muxlislar tomonidan bir necha bor hushtakbozlik qilingani sabab bo‘lgan. Mbappe “Real”ning bugungi kundagi eng kuchli futbolchilaridan biri sifatida qaralayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda uning atrofidagi vaziyat ancha murakkab tus olmoqda.

Fransiyalik hujumchi La Liganing 35-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi “El-klasiko” bahsini ham o‘tkazib yubordi. Avvalroq, u 24 aprel kuni “Betis”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab maydonga tushmagani aytilgan edi.

Biroq boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyat faqat jarohat bilan bog‘liq emas. Ayrim manbalar Mbappe asosiy tarkibda maydonga tushmasligini bilgach, mashg‘ulotni tark etganini xabar qilmoqda. Bu esa “Real” ichidagi muhit va futbolchining kayfiyati haqida yangi savollarni keltirib chiqardi.

Hozircha madridliklar Mbappening qachon maydonga qaytishi bo‘yicha aniq ma’lumot bermagan. Shu sabab uning mavsum oxirigacha qolgan bahslarda ishtirok etishi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

“Real Madrid” mavsum yakuniga qadar yana uchta uchrashuv o‘tkazadi. Jamoa 14 may kuni o‘z maydonida “Ovedo”ni qabul qiladi, 17 may kuni safarda “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi va 23 may kuni “Atletik Bilbao”ga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushadi.

Agar Mbappe haqiqatan ham “Bernabeu”dagi o‘yinlarda qatnashmasa, bu “Real” uchun katta psixologik zarba bo‘lishi mumkin. Chunki jamoa shundoq ham mavsumni sovrinsiz yakunlash arafasida turibdi, muxlislar kayfiyati esa ancha keskin.

Mbappe kabi yulduz uchun bosim, tanqid va hushtakbozlik katta futbolning bir qismi. Ammo “Real”da bu bosim ikki baravar kuchli bo‘ladi. Bu yerda faqat yaxshi o‘ynash emas, har hafta o‘z darajangni isbotlash talab qilinadi.

Endi asosiy savol shunday: Mbappe bu bosimni yengib, maydonda javob beradimi yoki mavsum oxirida uning “Real”dagi kelajagi yanada ko‘proq muhokama qilinadimi? Hozircha Madridda tinchlik yo‘q — maydondan ko‘ra, kiyinish xonasidagi vaziyat ko‘proq gap-so‘zga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe “Bernabeu”da o‘ynashni istamayotgani aytildi...