London osmonida ulkan ajdarho paydo bo‘ldi

24 iyun kuni London aholisi noodatiy manzaraga guvoh bo‘ldi. Shahar osmonida ulkan ajdarho uchib o‘tgani ko‘plab odamlarni hayratga solib, ayrimlarni esa ilk daqiqalarda cho‘chitib yubordi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu mashhur “Ajdar uyi” (“House of the Dragon”) serialining 3-mavsumi premerasi munosabati bilan tashkil etilgan maxsus aksiya bo‘lgan. Tadbir doirasida Londonning ramziy maskanlari — Tauer qal’asi va Temza daryosi uzra 8 metr uzunlikdagi mexanik ajdaho modeli uchirilgan.
Ajdaho modeli Germaniyaning aviatsiya sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning vazni 13 kilogrammni tashkil etadi. Mazkur loyihani ishlab chiqish va tayyorlash ishlari qariyb uch oy davom etgan.
Noodatiy aksiya ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab foydalanuvchilar ulkan ajdarho osmon uzra parvoz qilayotgan lahzalar aks etgan videolarni ulashib, uni serial premerasi uchun o‘ylab topilgan eng ta’sirchan reklama kampaniyalaridan biri deb baholamoqda.






























Izohlar 0
…