Milan Oliver Glasner bilan muzokaralarni boshladi

Italiyaning Milan jamoasi Massimiliano Allegri oʻrniga yangi bosh murabbiy izlash jarayonida kutilmagan nomzodga eʻtibor qaratdi. San Siro rahbariyati Kristal Pelas klubining sobiq ustozi Oliver Glasner bilan uchrashuv belgiladi. Avstriyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan soʻng Rossoneri short-listida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, Milan rahbariyati klubni qayta qurish va A Seriyada yana dominant kuchga aylanish uchun aynan Glasner nomzodini maʻqul koʻrmoqda. 51 yoshli murabbiyning taktik moslashuvchanligi va sovrinlar yutish borasidagi tajribasi klub egalarida katta taassurot qoldirgan.
Oliver Glasner Kristal Pelas boshqaruvida ajoyib natijalarni qayd etdi. U London klubi bilan Angliya kubogi, Angliya Superkubogi va Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqib, tarixiy natijaga erishdi. Katta oltilikka kirmaydigan jamoa bilan bunday muvaffaqiyatlarga erishish uning nufuzini Yevropa miqyosida keskin oshirib yubordi.
Shuningdek, Milan texnik boʻlim boshqaruviga Manchester Yunayted sobiq murabbiyi Ralf Rangnick nomzodini ham koʻrib chiqmoqda. Rangnick va Glasner oʻrtasidagi oʻtmishdagi hamkorlik (Red Bull Salzburg davridagi) klubning yangi strategik loyihasi uchun poydevor boʻlishi kutilmoqda. Hozirda tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!