Oliver Glasner Milan bilan 6 soatlik muzokara oʻtkazdi

Oliver Glasner Milan bilan 6 soatlik muzokara oʻtkazdi
Audio versiyasi

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner Milan klubining yangi bosh murabbiyi boʻlish uchun asosiy nomzodga aylandi. Maʼlumotlarga koʻra, murabbiy klub xoʻjayini Gerry Cardinale va maslahatchi Zlatan Ibrahimovic bilan uzoq davom etgan uchrashuv oʻtkazgan. Germaniyada boʻlib oʻtgan ushbu muloqot qariyb olti soat davom etgan boʻlib, unda tomonlar klubning kelajakdagi loyihalarini muhokama qilishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Glasner uchun Yevropaning eng nufuzli jamoalaridan birini boshqarish istiqboli juda jozibali koʻrinmoqda. Avstriya, Germaniya va Angliyada muvaffaqiyat qozongan 51 yoshli murabbiy endilikda oʻzini A Seriyada sinab koʻrishga tayyor. Milan rahbariyati Massimiliano Allegri oʻrniga zamonaviy taktik falsafaga ega va xalqaro tajribaga ega murabbiyni qidirmoqda.

Oliver Glasner oʻz faoliyati davomida Eintracht Frankfurt bilan Yevropa ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, Kristal Pelas bilan ham ijobiy natijalar qayd etgan. Uning xalqaro maydondagi nufuzi Milan rahbariyatining eʼtiborini tortgan asosiy omillardan biri boʻldi. Biroq, "rossonerilar" bu poygada yolgʻiz emas.

Angliyaning Fulxem klubi ham Glasnerni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Agar jamoaning hozirgi murabbiyi Marco Silva Benfika klubiga oʻtib ketsa, Londonliklar aynan Glasnerni asosiy oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda. Bu holat Milan rahbariyatini muzokaralarni tezlashtirishga majbur qilishi mumkin.

Hozircha Milan murabbiy borasida rasmiy bayonot bergani yoʻq, biroq yaqin haftalar ichida vaziyatga oydinlik kiritilishi kutilmoqda. Glasnerning tanlovi Milan loyihasining jozibadorligi va Fulxem taklifining moliyaviy tomonlariga bogʻliq boʻladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Oliver Glasner Milan bilan 6 soatlik muzokara oʻtkazdi – Zamin.uz, 04.06.2026