Lennart Karl har bir oʻyinda Lionel Messi suratini oʻzi bilan olib chiqadi

Lennart Karl har bir oʻyinda Lionel Messi suratini oʻzi bilan olib chiqadi
Audio versiyasi

"Bavariya" jamoasining oʻsib borayotgan yulduzi Lennart Karl har bir uchrashuvda oʻz kumiri Lionel Messi siymosini oʻzi bilan birga olib yurishini maʼlum qildi. Germaniyalik yosh iqtidor sohibi Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket uchta oʻyinda gol urgan eng yosh futbolchiga aylanib, Kylian Mbappe oʻrnatgan rekordni yangilashga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

18 yoshli futbolchining maʼlum qilishicha, u har bir rasmiy oʻyinda "Inter Miami" yulduzi tasviri tushirilgan maxsus himoya vositalaridan (shit) foydalanadi. Karl uchun bu shunchaki rasm emas, balki u intilayotgan yuksak choʻqqilarning doimiy eslatmasidir. Jahon chempioni suratini oʻzi bilan olib yurish unga ruhiy ustunlik va motivatsiya berishiga ishonadi.

Klubning "51" nomli jurnaliga bergan intervyusida Lennart Karl shunday deydi: "Ha, chap oyogʻimdagi himoya vositasida Messi tasvirlangan. Futbol oʻynashni boshlaganimdan beri u men uchun namuna — chap oyoqda oʻynaydi, boʻyi ham kichikroq va toʻp bilan aqlbovar qilmas ishlarni bajaradi. Uning surati yonimda boʻlishi menga qoʻshimcha kuch beradi va yuqori darajaga chiqishim uchun turtki boʻladi".

Messi uning asosiy ilhom manbai boʻlsa-da, Karl "Bavariya" mashgʻulotlarida tajribali jamoadoshlaridan ham koʻp narsa oʻrganmoqda. U ayniqsa Michael Olise harakatlarini kuzatishni yoqtirishini, shuningdek, Harry Kane va Joshua Kimmich kabi professionallarning ishga boʻlgan munosabati unga oʻrnak boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar