Deklan Rays Stiven Jerrard va Brayan Robson darajasiga koʻtarildi

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Piter Ridning fikricha, Declan Rice mamlakat futboli tarixidagi eng yaxshi markaziy oʻyinchilar qatoridan joy olgan. Uning taʼkidlashicha, Arsenal yulduzi oʻzining oʻyin uslubi va yetakchilik qobiliyati bilan Stiven Jerrard hamda Brayan Robson kabi afsonalar bilan bir darajaga koʻtarildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirda 27 yoshda boʻlgan Declan Rice kelajakda Angliya terma jamoasi sardori boʻlishga asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda. Garchi hozirda bu vazifani Bavariya hujumchisi Harry Kane bajarayotgan boʻlsa-da, mutaxassislar sardorlik bogʻichi tez orada aynan maydon markazidagi yetakchiga oʻtishini taxmin qilishmoqda.
Arsenal tarkibiga 105 million funt sterling evaziga kelib qoʻshilgan Declan Rice, Britaniya tarixidagi eng qimmat futbolchi maqomini saqlab turibdi. Piter Ridning soʻzlariga koʻra, bugungi transfer bozorida uning narxi 150 million funtdan ham oshib ketgan. U jamoasiga Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasi kabi yirik turnirlarda yuqori natijalarga erishishda yordam bermoqda.
“Brayan Robson top darajadagi oʻyinchi edi. Agar men Declan Rice nomini u bilan bir qatorda tilga olayotgan boʻlsam, bu unga boʻlgan hurmatim qanchalik balandligini koʻrsatadi. U hozirda dunyoning eng mukammal yarim himoyachilaridan biri”, — deya qoʻshimcha qildi Rid.
Declan Rice nafaqat klub miqyosida, balki 2026-yilgi Jahon chempionatida ham Angliya terma jamoasining asosiy kuchi boʻlishi kutilmoqda. Uning Oltin toʻp uchun nomzodlar roʻyxatidan joy olgani ham futbolchining oʻsish surʼati juda yuqori ekanligidan dalolat beradi.





























Izohlar 0
…