Lionel Messi va Angliya: Tarixiy toʻqnashuv vaqti keldimi?

1 daqiqa o'qish442
Lionel Messi va Angliya: Tarixiy toʻqnashuv vaqti keldimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Angliya terma jamoasi shu vaqtga qadar biror marta ham Lionel Messi boshchiligidagi Argentina bilan rasmiy maydonda to'qnash kelmagan.
  • Sobiq hujumchi Robbie Fowler 2026-yilgi Jahon chempionati Angliya uchun afsonaviy futbolchiga qarshi kuch sinashish hamda tarixiy bahs o'tkazish uchun eng qulay fursat ekanligini ta'kidladi.

Angliya terma jamoasi shu vaqtga qadar hech qachon Lionel Messi boshchiligidagi Argentina bilan toʻqnash kelmagan. Sobiq hujumchi Robbie Fowler GOAL nashriga bergan intervyusida 2026-yilgi Jahon chempionati ushbu afsonaviy futbolchi bilan kuch sinashish uchun eng qulay fursat ekanligini taʼkidladi. Uning fikricha, Thomas Tuchel boshqaruvidagi jamoa 2022-yilgi chempionlardan qoʻrqmasligi, aksincha, Cristiano Ronaldo va Portugaliya kabi raqiblar bilan uchrashuvlarni ham mamnuniyat bilan qabul qilishi kerak. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Barselona afsonasi Lionel Messi 2005-yildan buyon Argentina safida 198 ta oʻyinda maydonga tushib, 116 ta gol urishga ulgurdi. Biroq Janubiy Amerika grandi va Yevropa giganti oʻrtasidagi oʻyinlar soʻnggi yillarda kamdan-kam kuzatilmoqda. Angliya va Argentina oʻrtasidagi soʻnggi uchrashuv 2005-yilning noyabrida, Messi Albiceleste safida debyut qilganidan bir necha oy oʻtib boʻlib oʻtgan, ammo u oʻsha oʻyinda ishtirok etmagan.

Hozirda Lionel Messi oʻzining rekordlarga boy xalqaro faoliyatini yakunlash arafasida turibdi. Bu esa Angliya uchun Qatarda Jahon kubogini boshi uzra baland koʻtargan sehrli 10-raqam egasiga qarshi oʻzini sinab koʻrish uchun soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin. Fowlerning soʻzlariga koʻra, hozirgi Messi avvalgi darajasida boʻlmasa-da, u baribir futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilardan biri boʻlib qolaveradi.

“Ochiqini aytsam, hozir ular bilan oʻynashni xohlagan boʻlardim, chunki Messi endi avvalgi yillardagi kabi emas. Bu gapim notoʻgʻri tushunilmasin, u barcha davrlarning eng zoʻrlaridan biri, ammo hozir unga qarshi oʻynash uchun eng qulay vaqt. Angliya uchun raqib kim boʻlishidan qatʼi nazar, asosiysi turnirda uzoqroqqa borish va kerakli natijani qayd etishdir”, — deya qoʻshimcha qildi Robbie Fowler.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?