Osiyo terma jamoalarining ilk Jahon chempionati qanday o‘tgan?

Osiyo terma jamoalarining Jahon chempionatidagi ilk ishtiroklari ko‘p hollarda og‘ir kechgan. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, mundialda debyut qilgan 12 ta Osiyo jamoasidan sakkiztasi guruh bosqichini birorta ham ochkosiz yakunlagan.
Janubiy Koreya 1954 yilgi ilk ishtiroki vaqtida ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 16 ta gol o‘tkazgan. Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Xitoy va Qatar ham debyut mundialini uchta mag‘lubiyat bilan tugatgan. 2026 yilda Iordaniya va O‘zbekiston ham dastlabki ishtirokida ochko jamg‘ara olmadi.
O‘zbekistonning to‘plar nisbati 2:11 ko‘rinishida bo‘ldi. Terma jamoamiz kuchli raqiblar joy olgan guruhda o‘ynaganini ham hisobga olish kerak. Jahon chempionatidagi birinchi ishtirok ko‘p jamoalar uchun tajriba to‘plash va keyingi bosqichga tayyorlanish davri bo‘lgan.































Izohlar 0
…