3 281
“AGMK” qoʻshimcha boʻlimlarda “Mashʼal”ni magʻlub etib, soʻnggi yarim finalchiga aylandi
Oʻzbekiston Kubogi chorak finalidan oʻrin olgan “AGMK” – “Mashʼal” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Olmaliqdagi “OKMK” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar irodali gʻalabani qoʻlga kiritdilar.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida ikki jamoa ham juda sust harakat qildi va oʻz-oʻzidan bu hisobda ham oʻz aksini topdi.
56-daqiqada muborakliklar vakili Humoyun Murtazoyev raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan soʻng mezbonlar ancha jondanishdi va raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli hujumlar tashkil qilindi.
Bu hujumlar 78–daqiqaga kelib oʻz samarasini berdi. Burchak zarbasidan soʻng mehmonlar jarima maydoni ichida palapartishlik yuzaga keldi, bundan unumli foydalangan Kamoliddin Murzoyev yaqin masofadan darvozani ishgʻol qilib muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan tugadi va qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qilinadigan boʻldi.
Qoʻshimcha boʻlimlarda ustunlik olmaliqliklar tomonida boʻldi va bu toʻrtinchi boʻlimda oʻz samarasini berdi. Ketma-ket hujumlarga Vladimir Bubanya kuchli zarbasi bilan yakun yasadi. Uchrashuv yakunida Jasur Hasanov raqib darvozabonining oldinga chiqib ketganidan unumli foydalanib boʻsh darvozani ishgʻol qildi.
Shu tariqa, AGMK soʻnggi yarim finalchiga aylandi. Ungacha “Qoʻqon-1912”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari keyingi bosqich masalasini hal qilishgandi.
Oʻzbekiston Kubogi
¼ final
“AGMK” – “Mashʼal” 3:1 (0:0, 1:1, 0:0, 2:0)
Gollar: 0:1 – 56 Murtazayev, 1:1 – 78 Murzoyev, 2:1 – 111 Bubanya, 3:1 – 120+2 Hasanov.
AGMK: Roman Abdulov, Azamat Isroilov (Oybek Qilichev, 75) Muzaffar Muzaffarov, Shoxnazar Norbekov (Zafar Polvonov, 56), Jasur Hasanov, Zohir Pirimov (Jamshid Hasano, 52), Vladimir Bubanya, Kamoliddin Murzoyev (Javlon Guseynov, 87), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Alisher Samatov.
“Mashʼal”: Rahimjon Davronov, Sardor Rahmonov, Shoxjahon Qilichev, Sardor Abduraimov, Abdulloh Olimov, Humoyun Murtazoyev (Shahzodbek Ubaydullayev, 65), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Iskandar Shoyqulov (Husniddin Aliqulov, 82), Akrom Bahriddinov (Sanjar Rihsiboyev, 86), Sirojiddin Qoʻziyev (Ahrorjon Inoyatov, 76).
Ogohlantirishlar: Abduraimov 54, Samatov 90+3.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi