16:44 / 02.10.2018
2 789

Ektor Kuper oktyabr yigʻiniga chaqirgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi

Ektor Kuper oktyabr yigʻiniga chaqirgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-17 oktyabr kunlari Toshkentda navbatdagi yigʻinni oʻtkazadi. Mazkur yigʻin doirasida ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Jumladan, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va 16 oktyabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu ikki oʻyin ham “Milliy” stadionda boʻlib oʻtadi.

OʻFA rasmiy sayti bosh murabbiy Ektor Kuper tomonidan mazkur yigʻinga chaqirilgan futbolchilar roʻyxatini chop etdi.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)

Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod Aʼzamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qoʻqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar:
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”)

Yigʻinga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham chaqirilgandi. Ammo jarohati sababli Denisov yigʻinda ishtirok eta olmaydigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 5 yanvardan BAAda boshlanadigan Osiyo kubogida Oʻzbekiston Yaponiya, Ummon va Turkmaniston termalari bilan birga “F” guruhidan joy olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)