13:18 / 11.10.2018
2 118

Aziz Haydarov: “Terma jamoada katta ijobiy oʻzgarishlar bor” (video)

Aziz Haydarov: “Terma jamoada katta ijobiy oʻzgarishlar bor” (video)
Ayni paytda KXDR va Qatar terma jamoalari bilan boʻladigan oʻrtoqlik oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi mashgʻulotlarni Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti stadionida olib bormoqda. Navbatdagi tayyorgarlik mashqlariga chiqishdan oldin terma jamoa yarim himoyachisi Aziz Haydarov “Kun.uz” muxbiri bilan suhbatda boʻldi.

Facebook orqali koʻrish:

Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларидан репортаж. Таркибда ўзгаришлар бор ???? https://kun.uz/95626653

Опубликовано Kun.uz Cреда, 10 октября 2018 г.

– Siz braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari qoʻl ostida “Bunyodkor”da toʻp surgansiz. Ektor Kuper argentinalik, yaʼni u ham Janubiy Amerika vakili. Skolari uzoq davom etmagan murabbiylik faoliyati davomida oʻzbek futbolini bir qadam oldinga siljitib, oʻziga xos iz qoldirgandi. Kuper ham oʻzbek futboliga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi, deb taxmin qila olasizmi?
– Murabbiyning ishiga baho bera olmayman. Negaki, juda oz vaqt oʻtdi. Ammo terma jamoada turli futbolchilarni yigʻib, sinab koʻrayotgani juda toʻgʻri deb oʻylayman. Chunki baʼzi oʻyinchilar klubida boshqacha, terma jamoaga kelganda umuman boshqacha oʻyin koʻrsatishi mumkin, deb hisoblayman. 10 yildan ortiq vaqt davomida milliy terma jamoada oʻynab, oʻz klubida yaxshi emas, ammo terma jamoada ajoyib oʻynaydigan futbolchilarni ham koʻrdim.

– Bu Ektor Kuper boshqaruvidagi birinchi yigʻin emas, shundan kelib chiqib yangi bosh murabbiy kelganidan soʻng oʻtgan vaqt davomida terma jamoada qanday oʻzgarishlarni sezdingiz?
– Hali biron narsa deyish qiyin, lekin ijobiy oʻzgarishlar juda katta deb ayta olaman. Intizom juda kuchli. Hamma narsa oʻz vaqtida. Mashgʻulotlar xilma-xil. Bu bizga yangidek tuyulyapti. Bundan faqat futbolimiz oʻsadi, deb oʻylayman.

– Terma jamoaning muvaffaqiyati uchun futbolchilardan birinchi navbatda nima talab etiladi?
– Faqat ishlash kerak. [Natija] faqat murabbiygagina bogʻliq emas. Ruhiy tetiklik, gʻalabaga boʻlgan iroda futbolchilarimiz ichida ham boʻlishi kerak. Har bitta oʻyin hayotingdagi eng muhimidek maydonga tushish kerak, deb oʻylayman. Yurakdan oʻynash kerak, nima boʻlganda ham. Milliy terma jamoa uchun oʻynash kerak. Ana oʻshanda futbolimiz oʻsadi. Ana oʻshanda futbolchilarimiz chetga chiqadi. Qachonki milliy terma jamoamiz ijobiy natijalarga erishsa», - deya taʼkidlab oʻtdi Aziz Haydarov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning faoliyati va mashgʻulot jarayonlariga oid baʼzi yangi maʼlumotlar eʼlon qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz Haydarov: “Terma jamoada katta ijobiy oʻzgarishlar bor” (video)