FIFA Qatarda 2022 yilda o‘tadigan jahon chempionatini boshqa davlatga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Argentinaning TNT Sports telekanali xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda FIFA jahon chempionatini o‘tkazish uchun zudlik bilan boshqa mezbon davlat topish maqsadida maxfiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ta’kidlanishicha, boshqa joyni tanlash oson ish emas, biroq federatsiya buning uchun barcha imkoni bor ishni qilmoqda.
18 iyunda UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazadigan mezbon davlatni tanlash ishi bo‘yicha ushlandi. Platini 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkaziladigan joyni tanlash vaqtida yo‘l qo‘yilgan korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun hibsga olingan. Keyinroq u ozod qilingan.
2018 yil avgustda FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter JCh-2022’ni o‘tkazadigan davlatni tanlashda qalloblikka yo‘l qo‘yilganini tan olgandi. Uning ta’kidlashicha, Qatarning arizasi Platini tomonidan o‘tkazilgan bosim sababli tanlovda g‘olib bo‘la olgan.
Qatar jahon chempionati o‘tkaziladigan joy sifatida 2010 yil dekabrda tanlangan. Chempionat Qatarning 7 ta shahrida 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha o‘tkazilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?