Sayyoramizning eng qimmat 10 futbolchisi

Sayyoramizda futbol etakchi sport turi hisoblanadi. Shunday ekan futbolchilarga bo‘lgan e’tibor ham shunga yarashadir. Oxirgi yillarda klublar tarkibdagi yulduzlarini saqlab qolishlari uchun tovon pulini oshirish odat tusiga kirdi. Natijada, tovon pulini to‘lash har qanday cho‘ngtagi baquvvat klubga ham og‘irlik qilmoqda. Quyida e’tiboringizga dunyodagi eng qimmatbaho futbolchilar o‘nligi bilan tanishtirib o‘tamiz.
Lionel MESSI - 120 million evro
Bilasizmi, aslida Messining narxi 120 million evro turmaydi. “Barselona” uni 250 million evroga sotishi mumkin. Lekin xaridor bo‘lib chiqqan klub 250 evrodan tashqari, yana shuncha bonus pul to‘laydi. “Chelsi” va PSJ jamoalari argentinalik futbolsiga qiziqmoqda. Biroq bu futbolchilar yuqorida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lab qo‘yishadi va keyinchalik uni transferi huquqini qo‘lga kiritadi. Aks holda “Barselona” bu narxdan kamiga Messini qo‘yib yubormasligi tabiiy. Ko‘ramiz, yaqin yillar ichida Leo Messini birorta mard jamoa chiqib, shu summaga sotib oladimikan?
Krishtianu RONALDU - 120 million evro
Nega Ronalduni narxi bilan Messiniki bir xil deb o‘ylayotgandirsizlar. Portugaliyalik megayulduzni “Real” 94 million evroga sotib olgandi. Oradan yillar o‘tib uning narxi 120 millionga ko‘tarildi. Madridliklar aynan shu bahoga uni sotishi mumkin. Lekin “Manchester Yunayted” Ronaldu uchun 160 million evro taklif qilib yuborgani har qanday matematikni diqqatini o‘ziga qaratmasdan qolmaydi. Krishtianu esa tovon puli ham aynan shunchani tashkil qiladi. “Real”ni hozirgi kunda 120 million evro emas, uni jamoada saqlab qolish muhim hisoblanmoqda.
Garet BEYL - 80 million evro
“Real” Beylni salkam 100 million evroga sotib oldi. Biroq hozirda uning narxida pasayish yuzaga keldi. Negaki, mutaxassislar fikricha, Garet madridliklarga kelganidan so‘ng o‘yinida sustlashish bo‘lgan. U ko‘proq Krishtianu Ronalduni soyasida qolib ketmoqda. Shuning uchun ham Beylni transferini qo‘lga kiritishni istaganlar “Real” singari 100 million evro sarflashlari shart emas. Aksincha, 80 million evro to‘lab ham buni amalga oshirishlari mumkin. Uelslik tezkor yarim himoyachi uchun ayni paytda “Manchester Yunayted”, PSJ jamoalari katta qiziqish bildirmoqda.
NEYMAR - 70 million evro
Neymarni “Barselona” qancha mablag‘ga sotib olgani haligcha bizga ma’lum emas. Shunday bo‘lishiga qaramay, Neymarni mutaxassislar 70 million evro deya baholashgan. 2013 yilda braziliyalik iqtidor egasini 60 million evroga chamalashgandi. Oradan bir yil o‘tganidan so‘ng uning narxi yana qo‘shimcha 10 millionga o‘sdi. Transfer baholari bilan shug‘ullanidigan “transfermarket” internet xodimlari Neymarni narxi yaqin yillar ichida 100 million evrodan o‘tib ketishini taxmin qilmoqda.
Anxel DI MARIYa - 65 million evro
Argentinalik futbolchi o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi desak xato bo‘lmaydi. O‘tgan yili “Real”da to‘p surganida uning bahosi 30 million evroga baholangandi. Chempionlar ligasida madridliklar bilan g‘olib bo‘lganidan keyin “Manchester Yunayted” 75 million evroga sotib oldi. Ming afsuski, ingliz yurtida uning ishlari yurishmayotgani tufayli, Di Mariyani narxida pasayish bo‘lmoqda. Bu holat vaqtinchalik deyish mumkin.
Xames RODRIGES - 60 million evro
Transfer savdosi baland-pastliklardan iboratdir. 2013 yilda “Monako” Xames Rodrigesni 35 million evroga xarid qildi. Bir yil o‘tib esa uni 80 millionga “Real”ga jo‘natmoqda. E’tibor bering, bir futbolchi orqali knyazliklar salkam 45 million evro daromad oldi. Biroq “Real”ga kelgan futbolchining ayni palladagi summasi 60 millionga teng. Keyinchalik narx oshishi mumkin degan taxminlar ham yo‘q emas.
Luis SUARES - 60 million evro
O‘tgan yili “Barselona” jamoasi urugvaylik hujumchini “Liverpul”dan 80 million evroga xarid qildi. Shu transfer amalga oshirilganidan so‘ng Suaresni narxi yanada oshishi mumkin degan taxmin qilingandi. Ammo, Messi bor ekan, har qanday hujumchini erkin to‘p surishi qiyin bo‘ladi. Luis Suaresga ayni pallada 60 million evroga baholanmoqda. Ko‘rib turibsizki, urugvaylik futbolchi bir yil ichida narxi 20 million evroga tushib ketdi.
Radamel FALKAO - 55 million evro
Falkao ham bir necha yil ichida keskin ravishda narxini yo‘qotdi. Bunga uning jahon chempionati oldidan olgan jiddiy jarohati sabab bo‘ldi. Shundan keyin Radamelga bo‘lgan qiziqish ham ancha so‘ndi. “Manchester Yunayted”ga kelgan to‘purar futbolchi ayni paytda avvalgidek o‘yin ko‘rsata olganicha yo‘q. Ingliz futboliga Radamel Falkaoni ham ishlari yurishmayapti. Bu esa kolumbiyalik o‘yinchini narxini yanada tushib ketishiga turtki bo‘ladi.
Luka MODRICh - 55 million evro
Modrichni 2013 yilda narxi birdaniga tushib ketadi. Bundan foydalanib qolgan “Real” uni unchalik qimmat bo‘lmagan narxga xarid qildi. Madrid jamoasiga o‘yinlariin yanada ochilib, o‘zini har taraflama ko‘rsatishni boshlagan Luka Modrichni qiymati 15 million evroga balandladi. Futbolchining bahosini oshishida madridliklar jamoasi asosiy tarkibidan muqim joy olgani sabab bo‘ldi. Joriy mavsumda Karlo Anchellotti Modrichni harakatlaridan qoniqish hosil qilayotganligini ta’kidlab o‘tmoqda. Demak, 2015 yilda Luka Modrichni bahosi ko‘tarilishi kutilmoqda.
Pol POGBA - 50 million evro
Jahon futbolining yorqin yosh futbolchilaridan biri Pogba hisoblanadi. E’tiborlisi, Pol Pogba uchun “Real” va PSJ jamoalari qattiq qiziqishmoqda. Bu jamoalar “Yuventus” uchun Polni sotib olish bo‘yicha 100 million evro taklif qilmoqda. Lekin mutaxassislar fransiyalik iqtidorli yarim himoyachi uchun ko‘rsatilayotgan summa ko‘plik qilishini taxmin qilishmoqda. Shu boisdan 50 million evro eng ma’qul variantdir.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatda David De Xea 50 million evroga, Ueyn Runi 45 million evroga, Karim Benzema 45 million evroga, Andreas Iniesta 40 million evroga baholanmoqda.

SAMANDARBEK tayyorladi.
Manba: www.arena.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing