15:55 / 09.05.2021
2 284

A Seriya. Eldor Shomurodov 45 daqiqa harakat qilgan o‘yinda «Jenoa» o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi


Italiya A Seriyasi 35-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Sassuolo" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Jakamo Raspadori tezkor goli bilan hisobni ochdi. Himoyachining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Berardi 66-daqiqada hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Ushbu gollarga genuyaliklar Davide Zappakosta aniq zarbasi evaziga bir marotaba javob qaytarishni uddaladi.

Shu tariqa, muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan "Sassuolo" ochkolari sonini 56 taga yetkazib olgan holda, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 36 ochko jamg‘argan "Jenoa" 14-pog‘onada qoldi.

«Jenoa» — «Sassuolo» 1:2
Gollar:
0:1 – 14 Raspadori, 0:2 – 66 Berardi, 1:2 – 85 Zappakosta.
«Jenoa»: Perin, Sapata, Goldaniga, Gilone (Shomurodov, 46), Zappakosta, Zays (Pyatsa, 75), Behrami (Kassata, 68), Badel, Masello, Pandev (Rovella, 68), Destro (Skamakka, 68).
«Sassuolo»: Konsili, Tolyan, Rojerio, Ferrari, Kirikesh, Jurichich (Defrel, 57), Lokatelli (Burabiya, 81), Traore (Garaslin, 71), Lopes, Berardi (Kaputo, 81), Raspadori (Obiang, 72).
Ogohlantirishlar: Zappakosta (30), Kassata (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Eldor Shomurodov 45 daqiqa harakat qilgan o‘yinda «Jenoa» o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi