Rio Ferdinand: Ronaldu yana hammani jim qildi

Rio Ferdinand: Ronaldu yana hammani jim qildi

Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning JCH-2026 guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi ko‘rsatgan o‘yiniga munosabat bildirdi.

Portugaliya milliy jamoasi uchrashuvda 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. 41 yoshli Ronaldu esa ikki marta O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi.

Ferdinand sobiq jamoadoshining navbatdagi yuqori saviyadagi o‘yinini alohida e’tirof etdi. Uning fikricha, Ronaldu o‘ziga bildirilayotgan tanqidlarga maydondagi harakati va gollari bilan javob qaytardi.

«U buni uddaladi. Krishtianu hammani jim bo‘lishga majbur qildi. Yana bir mundial, yana Ronalduning yangi gollari», — deb yozdi Rio Ferdinand ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ronalduning dubl qayd etishi Portugaliyaning yirik g‘alabasida muhim o‘rin tutdi. Tajribali hujumchi yoshiga qaramay, jahon chempionatida ham yuqori natijadorligini davom ettirmoqda.

Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, Portugaliya milliy jamoasi to‘rt ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa shu kuni Kongo Demokratik Respublikasi bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvda «Oq bo‘rilar» guruhda uchinchi o‘rinni egallash va mundialdagi ilk ijobiy natijasini qayd etish uchun kurashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar